Maykl Stefen 10 yil avval vafot etgan bölsa-da, uning bir qismi Pittsburgda yaşovçi qiziga töy kuni hamrohlik qildi? Qanday qilib deysizmi? Vafotidan söng uning yuragi Nyu-Jyersida istiqomat qiluvçi Artur Tomasga köçirib ötkazilgan. Stefenning qizi Jyeni Stefen Menner uçun otasining ruhini saqlab qoliş muhim ahamiyatga ega edi.
Yurak transplantatsiyasi ötkazilgandan keyin Jyeni va Tomas ota-bola sifatida iliq munosabatlar örnatişgan. Şu bois Jyeni 6 avgust kuni Sankt-Anselmdagi çerkovda bölib ötgan töy tantanasiga Tomasni taklif qildi. Otasining yuragi köçirib ötkazilişi natijasida omon qolgan Tomas bu taklifga rozi böldi.
Töy kuni Tomas Jyenini mehrobga kuzatib qöydi va qiz özining sevimli insoni Polga turmuşga çiqdi. Tomas hattoki ota va qiz raqsida ham iştirok etdi.
"Bu haqiqatdan ham hayotimdagi eng yaxşi kun böldi", - deb yozadi Jyeni Facebook'dagi sahifasida. "Otamni uyimga olib keliş va uning töyimda iştirok etişi mening azaliy orzuim edi, nihoyat orzuim amalga oşdi!".
Uşbu töydan keyin Jyeni va Tomasning hikoyasi virus kabi tarqaldi.
"Agar men donorlikka doir birgina kişining fikrini özgartira olgan bölsam ham, istagim amalga oşganidan özimni baxtiyor his qilgan bölardim", - deb yozadi Jyeni Facebook tarmoğida.







