Oğir atletika böyiça özbekistonlik dastlabki sportçi öz iştirokini yakunladi. 69 kg. vaznda yöllanmaga ega bölgan Doston Yoqubov "V" guruhida öz urinişlarini bajardi.
Yoqubov dast kötariş yönalişining dastlabki ikkita urinişda 133 va 137 kg. ştangani muvaffaqiyatli kötardi. Murabbiylar uçinçi urinişga 140 kg. buyurtma berdi, ammo Doston uni kötara olmadi. Dast kötarişdan keyin özbekistonlik atlet 6-örinni band etdi.
Siltab kötarişda uning natijari yomon bölmadi. U dastlab 172, söngra 176 kg. toşni kötardi. Yoqubov uçinçi urinişga berilgan 181 kg.ni kötara olganida, umumiy hisobda 3-öringa kötarilib olgan bölardi. Ammo unga omad yetişmadi.
Yakunda Yoqubov 313 kg (137+176) natija bilan 6-örinni band etdi. Bu guruh vakillari orasida moldovalik Sergey Çeşir 322 kg. natija bilan peşqadamlikni qölga oldi. Uşbu vaznda "A" guruhi vakillari keçki dasturda öz mahoratlarini namoyiş qilişadi.
Manba: stadion.uz






