O‘zbekiston | 20:50 / 10.08.2016
28147
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidentining yangi matbuot kotibi, Nexia III narxi, Oyga chipta, Olov ichidagi Madeyra va Turkiyada kimni yangi prezident etishmoqchi edi?

Yangi matbuot kotibi
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning yangi matbuot kotibi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi. Batafsil.


Ekstremistning hiylasi

Namangan aeroporti bojxona xizmati xodimlari O‘zbekistonga xotira kartalaridagi ekstremistik mazmundagi materiallarni konfetlar qutisida yashirgan holda olib kirishga uringan shaxsni qo‘lga oldi. Batafsil.


Nexia III narxi qancha?

"Rohat Uzavtotexxizmat" avtosaloni Facebook sahifasiga avtomobillar narxini joylashtirdi. Sahifada salondagi avtomobillar surati ham ilova qilingan.  Batafsil.


Oyga chipta

Xususiy Moon Express fazoviy kompaniyasi rahbari Oyga parvoz narxini ma'lum qildi. Batafsil.

Olov ichidagi Madeyra
Portugaliyaning Madeyra orolida o‘rmon yong‘inlari yuz bermoqda. Hukumat yong‘in ichida qolgan hududdan 400 kishini evakuatsiya qilgan. Batafsil.


Turkiyada kim prezident bo‘lmoqchi edi?
Turkiyada 15 iyul oqshomida harbiy davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan isyonchilar agar o‘z maqsadlariga erishishganida kimni o‘zlariga prezident etib saylashar edi? Batafsil.


Dramatik to‘y
Maykl Stefen 10 yil avval vafot etgan bo‘lsa-da, uning bir qismi Pittsburgda yashovchi qiziga to‘y kuni hamrohlik qildi? Qanday qilib deysizmi? Batafsil.

“Mazda”ning yangi modellari
Yaponiyaning Mazda kompaniyasi Mazda3 va Mazda6 modellarining Shimoliy Amerika bozori uchun restayling qilingan namunalarini namoyish etdi. Batafsil.

Rio-2016: O‘zbekistonlik sportchilarning 10 avgust kungi natijalari

10 avgust kuni o‘zbekistonlik bir qator sportchilar Braziliyada o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari doirasida o‘tgan uchrashuvlarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.Batafsil.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish