Yaponiyaning Mazda kompaniyasi Mazda3 va Mazda6 modellarining Şimoliy Amerika bozori uçun restayling qilingan namunalarini namoyiş etdi. Ular, taşqi va içki körinişlarida qator özgarişlarga uçragan. G-Vectoring Control yordamçi tizimiga ega bölgan. 

G-Vectoring Control tizimi rul çambaragi joylaşuvi va tezlikni har beş millisoniyada nazorat qilib turadi va harakatlantiruvçi ğildiraklarga tuşuvçi oğirlik me'yorini saqlaydi. Bu esa, old öqqa tuşadigan bosimni kamaytirmaydi va natijada buriliş hamda qayrilib oliş çoğlarida işqalaniş kuçini yaxşilaydi. 

«Mazda» kompaniyasiga köra, G-Vectoring Control sababli nafaqat modellar boşqaruvi yaxşilangan, balki harakatlaniş qulayligi ham ortgan.

Mazda3ning boş yoritqiç va tumanga qarşi çiroqlari diodli faralarga almaştirilgan. Radiator qafasi özgartirilgan. Disklari va orqa bamperi şakli ham boşqaça tus olgan.

Mazda3 va Mazda6larga ikkinçi avlod CX-9 krossoveriniki kabi rul çambaragi örnatilgan. «Uçlik» elektron qöl tormoziga ega bölgan, «oltilik»ning orqa örindiqlarini esa isitiş mumkin.

Ikkala model oldtöqnaşuvlardan ogohlantiruvçi takomillaştirilgan kameralarga ega bölgan. Ular «katta tezliklarda avvalgisiga qaraganda yaxşiroq işlaydi». Bundan taşqari, ikki modelning yöl belgilarini taniş funksiyasi yaxşilangan.

Hozirça, ularga qanday quvvatli motorlar örnatilişi ma'lum emas. Ta'minlarga köra, AQŞda «uçlik» benzinli 2,0 va 2,5 litr hajmli motorlar bilan sotiladi, «oltilik»ka faqat 2,5 litrli motorlar örnatiladi.