"Rohat Uzavtotexxizmat" avtosaloni Facebook sahifasiga avtomobillar narxini joylaştirdi. Sahifada salondagi avtomobillar surati ham ilova qilingan. Unda keltirilişiça, Chevrolet Nexia R3 avtomobilining 1-pozitsiyasi — 7 732 AQŞ dollari, 2-pozitsiyasi — 8 656 AQŞ dollari va avtomat qutiga ega 4-pozitsiyasi 62.8 mln söm turadi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari şartnoma bor-yöqligi hamda pul tölansa, qaçon çiqişi bilan qiziqqan. Avtosalon ma'muri oktabr va noyabr oylariga çiqişini ma'lum qilgan.
Facebook foydalanuvçilaridan biri narxlar röyxatini suriştirgan. Avtosalon ma'muri quyidagi röyxatni taqdim etgan.

T250 platformasidagi uçinçi avlod Nexia zamonaviy va tejamkor dvigatel, 5 poğonali mexanik va 6 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi, passiv xavfsizlik tizimi (xavfsizlik yostiqçalari, ABS, bolalar örindiqlarini mahkamlaş tizimi) bilan jihozlangan.
GM Uzbekistan uşbu maşinalardan yil oxirigaça 14,8 ming dona sotişni möljallamoqda.







