Facebook ijtimoiy tarmoği, foydalanuvçilarning barçasiga, garçi ularning ayrimlari maxsus tösuvçilarni qöllagan taqdirda ham reklamani namoyiş eta oladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Ijtimoiy tarmoqda aniqlik kiritişlariça, ular sahifalardagi reklama bloklarining joylaşuvini özgartirişga urinişadi, şu bilan tösuvçi dastur uni aniqlaşga qiynaladi.
«Facebook reklama bilan mavjud. Şu bois, bu kabi e'lonlar ijtimoiy tarmoqning uzviy qismidir», — deb qayd etgan Facebook tarmoğining reklama böyiça vitse-prezidenti Endryu Bosvort.
Sönggi tadqiqot natijalariga köra, AQŞ internet foydalanuvçilarining 26 foizi reklamani tösib qöyuvçi maxsus dasturlarni qöllaydi. Facebook tarmoqning qaysi tabaqasi reklamani tösib qöyişiga oydinlik kiritmagan.







