10 avgustda Bryusselga kelayotgan ikkita samolyotda bomba bölişi mumkinligi haqida xabar paydo bölgandi. Oslodan kelayotgan samolyotlardan biri SAS aviakompaniyasiga tegişli bölib, Bryussel aeroportida qöngan. Ikkinçisi esa Air Arabia Maroc aviakompaniyasiga tegişli bölib, Marokaşdan kelayotgan bölgan. Bu samolyot Tuluzada qönişga majbur bölgan. Keyinroq bu xabar yolğon ekanligi ma'lum bölgan.
Bryussel öt-öçiriş-qutqaruv xizmati rasmiy vakili Per Meis samolyotlarda bomba borligi haqidagi xabar şahardagi şifoxonalardan biridan şoşilinç xizmat raqami "112"ga kelib tuşganini aytgan.
"Gap Bryusseldagi "112" xizmatiga kelib tuşgan qönğiroq haqida ketmoqda. Bryussel "112" xizmati Belgocontrol’ga qönğiroq qilib, bomba qöyilgan bölişi mumkin bölgan samolyotlar haqida söramoqçi bölganda, Belgocontrol’da samolyotlar qönib bölganini aytişgan. Gap ehtimol ataylab qilingan yolğon tahdid haqida ketmoqda", degan Meis.
Şu bilan birga u qönğiroq qaysi şifoxonadan qilingani hozirça noma'lumligini aytgan.







