64 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasidagi musobaqada Özbekiston vakili Fazliddin Ğoipnazarov birinçi bosqiçdagi raqibi kongolik Dival Forele Malonga Dzalamouni yengib keyingi bosqiçga ötdi.

Ma'lum bölişiça mazkur uçraşuv arafasida Fazliddin qiz farzandli bölgan va uşbu xuşxabarni to jangda ğalaba qozonmagunça heç kimga aytmaslik lozimligini jamoadoşlariga tayinlagan ekan. 

Referi uning ğalabasi haqida e'lon qilgaç, u özini qöllab-quvvatlab turganlar joylaşgan tribunaga yuzlangan va xuşxabar haqida ma'lum qilgan. U ğalabasini dunyoga kelgan farzandiga bağişlagan.

Gap nimada ekanligi ma'lum bölgaç, bir muddat avval Fazliddinni ğalaba bilan qutlagan özbekistonliklar delegatsiyasi a'zolari, endi uni farzandlik bölgani bilan muborakbod eta boşladi.

Nim çorak final jangini Fazliddin Ğoipnazarov 14 avgust kuni ötkazadi.