18-iyul kuni Qozoğistonning Olmaota şahrida yuz bergan otişmada yaralangan yana bir politsiya xodimi şifoxonada hayotdan köz yumgan. Şunday qilib, mudhiş jinoyatda qurbon bölganlar soni 9 kişini taşkil etmoqda.
Öşa kuni qurollangan erkak kişi Olmaota politsiyaçilariga hujum qilgan edi. Buning oqibatida 6 nafar huquq posboni halok bölib, 6 nafar politsiyaçi va 2 fuqaro şifoxonaga yotqizilgandi. Keyinçalik yana ikki nafar politsiyaçi hayot bilan vidolaşdi. Şaharda maxsus amaliyot ötkazilib, jinoyatçi qölga olindi. Qozoğiston prezidenti voqeani qöporuvçilik deb atadi.
Içki işlar boşqarmasi ma'lumotiga köra, 24 yoşli marhum Jalgas Keldibayev 2014-yildan içki işlar idorasida xizmat vazifasini ötab kelgan.







