Mustaqil mutaxassis Jozef Çeymi tomonidan ötkazilgan tadqiqot 30 dan köproq davlatga "keksalik inqirozi" xavf solayotganini körsatdi. Hozirdayoq Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Kanada kabi davlatlarda keksa yoşdagilar soni yoşlar sonidan köproqni taşkil qilmoqda.
Bu muammo bilan birinçi bölib 1995 yilda Italiya töqnaş keldi. Tadqiqotda prognoz qilinişiça, 2020 yilda "keksayotgan davlatlar klubiga" Ukraina, Estoniya, Latviya va Kuba qöşiladi. 2030 yilga kelib Rossiya, Armaniston va Xitoyda keksa yoşdagilar soni yoşlar sonidan köproqni taşkil qiladi.
Mutaxassisning ma'lumotlariga köra, 2075 yilga kelib sayyoramizda 10 mlrdga yaqin odam böladi va ulardan köpçiligini keksa yoşdagilar taşkil qiladi: 65 yoşdan katta odamlar soni bolalarnikidan köproq böladi.
21-asrda "keksayiş" xavf solmaydigan yagona qit'a – Afrika böladi. 2100 yilga kelib bu yerda har 2 keksa odamga 3 nafar yoş bola, Nigeriya va Somalida esa har bir keksa odamga 2 nafardan köproq yoş bola töğri keladi.







