Bangladeş politsiyasi mamlakat poytaxti Dakka şahri yaqinida "Jamoat ul-mujohiddin" guruhi a'zolari bölgan 5 kişini qölga olgan. Reyter agentligi xabariga köra, bu şaxslar Dakkada terakt amalga oşirişga tayyorlangandi.

Politsiya ma'lumotiga köra, qölga olinganlardan biri portlovçi moddalar tayyorlaş bilan şuğullangan, qolgan 4 nafari esa özini portlatiş uçun tayyorlangan.

"Ularning barçasi mamlakat şimolidan Dakkaga yuborilgan", degan şahar politsiyasining aksilterror bölimi vakili Monirul Islom.

Uning sözlariga köra, jangarilar şahardagi muhim obektlarni nişonga olgandi. Bu nişonlar nomi keltirilmagan. Politsiyaçilar jangarilardan ekstremistik materiallar, 25ta detonator hamda portlovçi qurilmalar uçun moddalarni musodara qilgan.