Riodagi Olimpiadada regbi-7 sport turi böyiça eraklar örtasidagi musobaqa finalida Fiji terma jamoasi Buyuk Britaniya terma jamoasi bilan uçraşdi. Uçraşuv fijiliklarning 43:7 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.  

Şu tariqa, Fiji terma jamoasi öz davlati tarixida Olimpiadalardagi birinçi oltin medalni qölga kiritdi.

Bronza medallar uçun bahsda Yaponiya va JAR uçraşdi va Janubiy afrikalik regbiçilar 54:14 hisobida ğolib bölişdi. 

Olimpiya öyinlari. Rio-de-Janeyro
Regbi-7. Erkaklar
1. Fiji
2. Buyuk Britaniya 
3. JAR
4. Yaponiya
5. Yangi Zelandiya
6. Argentina
7. Fransiya
8. Avstraliya
9. AQŞ
10. Ispaniya
11. Keniya
12. Braziliya