Hindiston hukumati mamlakatning xususiy korxonalariga xorijiy kompaniyalar bilan birga investitsiyalar hajmi 49 foizdan oşmagan holda öqotar qurol işlab çiqariş va eksport qilişga ruxsat berişga qaror qildi. Bu haqda The Economic Times gazetasi xabar bermoqda.

Gazeta ma'lumotlariga köra, qaror mamlakat mudofaa vazirligi bir neça oydan beri "Hindistonda yasa" dasturini ilgari suriş doirasida şuğullanayotgan mudofaa xaridlari qoidalarini körib çiqiş natijalari böyiça qabul qilindi. 

"Mudofaa xaridlarining yangi qoidalari bitimlarni ötkazişning şaffofligi va tezkorligini közda tutadi, biroq asosiysi – hukumat barça davlatlar işlab çiqaruvçilarini bizning mudofaa sanoatimiz rivojiga öz uluşini qöşişga taklif qiladi", deb aytdi mudofaa vaziri Manoxar Parrikar.

Oqibatda Hindistonning mudofaa xaridlari böyiça qömitasi öqotar qurolni işlab çiqarişga nafaqat davlat korxonalarini, balki xususiy kompaniyalarni ham qöyiş böyiça muhim qarorni qabul qildi. Bu xususiy korxonalar tegişli litsenziyani olganlaridan keyin xorijiy kapital 49 foizgaça bölgan qöşma korxona yaratişlari mumkin. Hozirgaça Hindistonda öqotar qurolni işlab çiqariş bilan davlat korxonalari şuğullanib kelgan, bunda uni eksport qiliş masalasi quvvatlarning yetişmasligi sababli qöyilmagan. 

Hindiston qurolli kuçlarining uç turdagi qöşinlari, politsiyaning harbiylaştirilgan kuçlari va ştatlar politsiyalarining zamonaviy öqotar qurolga ehtiyoji uning yillik işlab çiqarilişini nafaqat töliq qoplaydi, balki xorijdan katta miqdorda eksport qilinişini ham talab qiladi.