Rio-de-Janeyro olimpiadasida özbekistonlik boksçilarning mağlubiyatsiz yurişiga çek qöyildi. Elşod Rasulov turnirni medalsiz tark etadigan ilk özbekistonlik boksçiga aylandi.
81 kilogrammgaça bölgan vazndagi Özbekiston vakili buyuk britaniyalik Buatsi Joşuaga qarşi jangni oxirigaça yetkaza olmadi. U britaniyalik raqibiga dastlabki ikki raundni boy berib qöydi. Uçinçi raund vaqtida Rasulov raqibning kuçli zarbasini ötkazib yubordi va nokdaun holatiga tuşdi. Şundan söng Rasulov öziga kela olmadi va şu raundning özida yana 2 marta nokdaunga uçradi. Natijada referi muddatidan avval jangni töxtatdi.
Şu tariqa, 30 yoşli özbekistonlik boksçi özidan 7 yoş kiçik raqibiga qarşi jangda texnik nokaut bilan mağlubiyatga uçradi.








