AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton 2015 yil uçun soliq deklaratsiyasini özining prezidentlik kampaniyasi saytida çop etdi. 

Deklaratsiyaga köra, u turmuş örtoği – sobiq prezident Bill Klinton bilan birga 2015 yilda deyarli 11 mln dollar (10745378 dollar) işlab topgan.

Bu mablağdan 9,8 foizi, ya'ni 1 mln dollari xayriya işlariga yönaltirilgani aytilgan. Klintonlar tölagan soliq qiymati 34,2 foizni taşkil qilgan.

Şuningdek, öz soliq deklaratsiyasini Klintonning saylov böyiça şerigi, vitse-prezident lavozimiga nomzod Tim Keyn va uning rafiqasi Enn Xolton ham çop etdi.

Klinton ştabi vakili Jyennifer Palmiyeri Klinton va Keyn "moliyaviy şaffoflik standartlarini belgilaşni davom ettirayotganlarini" aytdi.

"Donald Tramp yolğon va'dalar ortiga berkinmoqda va öz soliq deklaratsiyasini çop etiş va'dasidan qoçişga harakat qilmoqda", deb aytildi Palmiyeri bayonotida.

Milliarder Donald Trampdan respublikaçilar örtasidagi debatlar vaqtidayoq 2015 yil uçun soliq deklaratsiyasini ma'lum qilişni söraşgandi. Tramp hozirça bu hujjat tayyormasligini va hammasi hisob-kitob qilinişi bilanoq u çop etilişini aytgandi.