Rio Olimpiadasining dzyudo bahslarida eng yuqori vazn toifasida iştirok etayotgan Özbekiston vakili Abdulla Tangriyev yarim final bosqiçidagi iştirokini yakunladi.

Çorak final bahsida qirğizistonlik Yuriy Krakovetskini ippon bahosi evaziga mağlub etgan Tangriyev dzyudo vatani hisoblanadigan Yaponiya vakili Xisayoşi Xarasavaga qarşi tatamiga çiqdi. 

Tangriyevda jang davomida toliqiş alomatlari sezilib qoldi va hakam unga 4ta şido ogohlantirilişi körsatgaç, bahs avtomatik ravişda yaponiyalik sportçi foydasiga hal böldi. Qolaversa bungaça yaponiyalik dzyudoçi bitta yuko bahosi işlagandi. 

Endi Abdulla Tangriyev bronza medali uçun keçadigan bahsda braziliyalik Rafael Silvaga qarşi kuraşadi.