Rio—2016 Olimpiadasidagi özbekistonlik yagona boksçi qiz Yodgoroy Mirzayeva birinçi jangida mağlub böldi. 

-51 kg vazn toifasida qatnaşgan Yodgoroy kanadalik tajribali raqibi Bujold Mandiga hakamlar bahosiga köra mağlub böldi.

Qayd etiş kerakki, 4 raund davom etgan jangda Yodgoroy raqibi bilan tengma-teng jang olib bordi. Lekin barça raundlarda ham hakamlar ğalabani Kanada vakiliga yozişdi.

Şu tariqa, Özbekiston tarixida Olimpiadaga borgan ilk ayol boksçi iştirokini nimçorak finalda töxtatdi.