AQŞ terma jamoasi Yozgi Olimpiya öyinlari tarixida minginçi oltin medaliga ega bölgan ilk terma jamoa böldi.

"Yubiley" mukofotni amerikaliklarga Ketlin Beyker, Lilli King, Dana Vollmer va Simone Manueldan iborat suzuvçilar jamoasi keltirdi. Bu törtlik Rio-2016 olimpiadasining  4x100 metr masofaga suziş böyiça estafetasida 3.53,13 natijasini qayd etib, oltin medalga ega böldi. Bu AQŞ delegatsiyasining Rio olimpiadasidagi 23-oltin medalidir.

Ayni vaqtda AQŞ terma jamoasi 61ta medal (24-18-19) bilan medallar hisobi böyiça umumiy röyxatda yetakçilik qilmoqda.