Xalqaro suziş federatsiyasi (FINA) rahbari Xulio Maglione Olimpiadada rossiyalik suzuvçi Yuliya Yefimovaga nisbatan tahqirlovçi harakatlarni amalga oşirayotgan muxlislar va sportçilarni qoraladi.
"Bu juda va juda yomon. Bu yerda hamma sport odamlarni birlaştirişi va ezgulik eltişini anglaşlari kerak, şuning uçun men bunday harakatlarni qoralayman. Boz ustiga, Yefimova şu yerda iştirok etayotgani bilan özining "tozaligini" isbotladi", deb aytdi Maglione.
12 avgustda Xalqaro Olimpiya qömitasi vakili Mark Adams sportçilar taqdirlaş marosimlarida bir-birlarini tabriklamasliklari holatlari nomaqbul ekanligini aytgandi. Adams sportçilar şu tariqa "raqiblariga behurmatlik qilişlarini" ta'kidlab ötgan.
8 avgustda 100 metrga brass usulida oltin va bronza medallarni qölga kiritgan amerikalik suzuvçilar Lilli King va Keti Meyli kumuş medal sohibasi Yefimovani tabriklaşdan boş tortişgan. Musobaqa oldidan esa muxlislar Yefimovaga nisbatan huştakbozlik qilişgan.

9 avgustda amerikalik suzuvçi Maykl Felps XOQning Yefimovani Olimpiadaga qöyiş qarorini tanqid ostiga olgan.
6 avgustda XOQ Yefimova va avval Olimpiadadan çetlatilgan yana 4 nafar rossiyalik suzuvçini Riodagi musobaqalarga qöyişga qaror qilgandi.







