Boksning 5ta vazn toifasi böyiça sobiq jahon çempioni, 39 yoşli amerikalik Floyd Meyvezer (49-0) Olimpiada janglarini bevosita tomoşa qiliş uçun Rio-de-Janeyro şahriga yetib kelgan. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Meyvezer VIP-örinni rad etib, janglarni muxlislar qatorida tomoşa qilişni tanlagan.
Matbuotda yozilişiça, u Braziliyaga özining Mayweather Promotions nomli promouterlik kompaniyasiga yoş boksçilarni jalb etiş maqsadida (skauting) kelgan. Buni u özining instagramdagi sahifasida ham bildirgan. U boks arenasida tuşirilgan surati ostiga şunday yozgan: «Olimpiya öyinlarida, bölajak çempionlarni izlab».
Amerikalikning e'tibori britaniyalik Jo Joysga qaratilgan. U Kabo-Verde vakili Devilson Moraişni nokaut bilan yenggandi.
U barça vazn toifalaridagi final janglarini tomoşa qiladi. Jumladan, bugun -49 kilogrammgaça vazn toifasida kolumbiyalik Martinesga qarşi ringga çiqadigan özbekistonlik Hasanboy Döstmatovning iştirokini ham.
Ma'lumot uçun, özbekistonlik professional boksçi Sanjar Rahmonov aynan Floyd Meyvezer promouterlik kompaniyasi bilan şartnoma imzolagan bölib, janglarini şu kompaniya nomidan ötkazib keladi.
Floyd Meyvezer ötgan yilning sentabrida 66,7 kg vazn toifasida 32 yoşli amerikalik Andre Berto (30-4)ni mağlub etgaç, boksçilik faoliyatini yakunlagandi. Meyvezer 1996 yili Atlantada ötgan Olimpiya öyinlarida bronza medal sovrindori bölgandi.







