BMT boş kotibi Yamandagi maktabga berilgan aviazarba yuzasidan tergov işlarini olib borişga çaqirdi. Maktab binosiga uyuştirilgan havo hujumi natijasida kamida 10 nafar bola halok bölgan. Bu haqida jahon taşkilotining matbuot xizmatida ma'lum qilişdi. 

"Boş kotib 13 avgust kuni Yaman şimolidagi Saada provinsiyasida joylaşgan maktabga uyuştirilgan hujumni qoraladi", - deyiladi taşkilot xabarida. Pan Gi Mun mazkur fojia yuzasidan tergov işlarini yölga qöyişga çaqirdi. BMTda ta'kidlanişiça, tinç aholi, şu jumladan bolalar mamlakatdagi harbiy operatsiyalardan jabr körişmoqda. 

"Çegarasiz şifokorlar" taşkilotining xabar berişiça, şanba kuni Saada provinsiyasi Xaydon tumanidagi maktabga uyuştirilgan havo hujumi natijasida 10 nafar bola halok bölgan, 28 nafari jarohat olgan. Halok bölgan bolalar 8-15 yoş atrofida bölişgan. 

Saudiya Arabistoni rahbarligidagi koalitsiya 2015 yilning martidan xusit jangarilarini bombardimon qilmoqda. Koalitsiya vakili va Saudiya mudofaa vazirining maslahatçisi general Ahmad Asiriyning ma'lum qilişiça, VVS arab koalitsiyasining maqsadi maktab emas, yoş xusit-jangarilarni tayyorlaş lageri bölgan. 

BMT boş kotibi Yamandagi vaziyatni harbiy yöl bilan hal qilib bölmasligini yana bir bor ta'kidladi.

Mojaroni bartaraf etiş böyiça muzokaralar apreldan avgust oyigaça (orada tanaffuslar bilan) Kuvaytda ötkazildi, lekin bu heç qanday ijobiy natija bermadi. 

Yamanda 2014 yildan buyon Bir tomondan - "Ansar Alloh" şiya harakatining xusit jangarilari va sobiq prezident Ali Abdulloh Solihning sodiq armiyasi, ikkinçi tomondan -  joriy prezident Abd Rabbu Mansur Hadiy tarafdorlaridan iborat hukumat qöşinlari örtasida mojarolar davom etib kelmoqda, hukumat qöşinlarini Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya qöllab-quvvatlamoqda.