“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilarning mobil tasmalarida videoni avtomatik tarzda yuklaydigan böldi. Bu tanlov hozirça faqat Android tizimida işlovçi uskunalar uçun mavjud.
Endi yangiliklar tasmasini körayotgan foydalanuvçilar videoni köriş uçun qöşimça harakatlar bajarişi kerak emas: smartfon ekranining köriş hududiga tuşgan video avtomatik tarzda öz-özidan işlay boşlaydi. Foydalanuvçi öziga yoqqan video ustiga bosganida esa, rolik alohida sahifada oçiladi va u yerda videoning namoyişini boşqariş va öxşaş videolarni qidiriş mumkin.
Marina Krasnova, “Odnoklassniki” ijtimoyi tizimining “Video” loyihasi rahbari:
“Uşbu yangiligimiz OKning yangiliklar tasmasidagi videolavhalar körişning odatiy formati bilan boğliq tajribalar davomidir. Ötgan yili avtomatik körişni veb körinişida işga tuşirgan edik. Bizning tajriba şuni körsatdiki, bu funksiyaga ehtiyoj bor va u ham foydalanuvçilarga, ham kontent yaratuvçilarga birdek muhimdir”.
Yangilikning öziga xosligi — internetga ulaniş tezligini nazorat qilişdir. Kiçik tezlikda roliklar odatiy tarzda işlaydi: ya'ni foydalanuvçi pleyerda körsatiş tugmasini bossa bas. Ilovaning sozlanmasida videoning avtomatik körsatilişi faqatgina WiFi tarmoğida doirasidagi holati va videoning odatiy köriş holatlari mavjud.







