Turkiyaning Diyorbakir viloyati hududidagi Çinar şahrida portlaş yuz berişi oqibatida bir neça kişi jarohatlangan. Dogan agentligi tarqatgan xabarga köra, portlaş mahalliy vaqt bilan soat 13:10da transport yölida röy bergan.
Hürriyet agentligi xabariga köra, jabrlanuvçilar soni boşqa xabarlarda aytilayotganidan köra köproq.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, portlovçi qurilma örnatilgan avtomobil portlatilgan.
Voqea joyiga politsiyaçilar va tez tibbiy xizmat xodimlari yetib kelişgan.
Haberturk telekanali bu portlaş Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) tomonidan sodir etilganini taxmin qilgan.







