Hindiston şimolidagi Jammu va Kaşmir ştatida yuz bergan töpolonda 4 kişi hayotdan köz yumgan, 15 kişi yaralangan. Umuman, iyul oyidan beri yuz berayotgan tartibsizliklarda qurbon bölganlar soni 64 nafarga yetgan, 5 mingdan ortiq odam jarohatlangan, deb xabar qilmoqda politsiya mahkamasi. 

Politsiya vakilining sözlariga köra, namoyişçilar Kaşmirning Budgam okrugi xavfsizlik kuçlari bilan töqnaşib, ularga qarata toş otişgan. 

"Huquq-tartibot idoralari kuçlari olomonni tarqatiş uçun öt oçişga majbur bölişgan", - deb ta'kidlagan içki işlar bölimi vakili. 

8-iyul kuni Burhon Muzaffar Vaniy öldirilganidan söng, mahalliy aholi va tartibni saqlaş kuçlari örtasida töqnaşuvlar davom etib keladi. 22-yoşli yigit "Hizb-ul-Mujahidin" ayirmaçi taşkilotining faoli bölgan. Bu taşkilot Hindiston terrorçi taşkilotlari röyxatiga kiritilgan bölib, şu vaqt mobaynida Kaşmirda komendantlik soati joriy qilingan.