Şvetsiyaning Malme şahrida 12ta maşina yoqib ketildi, deb yozmoqda Sydsvenskan gazetasi.

"16-avgustga ötar keçasi sodir etilgan ğarazgöyliklar tufayli qutqaruv xizmatlari band böldi", -degan mahalliy politsiya vakilasi Anna Yoransson.

Politsiya şaharda patrullik qiliş uçun vertolyotni safarbar etganiga qaramay, bu çora qonunbuzarliklarning oldini olişda yordam bermayapti. 

Ötgan haftada huquq posbonlari avtomobillarga qasddan öt qöyişda gumon qilib, yoş yigitni qölga olgan edi. Uning maşinasidan benzin hidi anqigan, yukxonasidan benzin kanistrlari va bolğaça topilgan. Gumondor şaxs avval ham portlovçi moddani saqlagani uçun sudlangan bölgan. 

Naşrning yozişiça, yoz mavsumi boşlanganidan beri Malmeda 105ta maşina yonib ketgan.