«Toşkent» xalqaro aeroportida yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş maqsadida yuklarni avtomatlaştirilgan holda skan qiliş tizimi joriy qilindi, deb xabar qilingan «Özbekiston havo yöllari» MAK saytida.
Bu yölovçilarning yuklarini oliş vaqtini qisqartiradi.
Yangi avtomatlaştirilgan tizim şu yilning aprel oyida joriy qilingan bölib, qisqa davr mobaynida ijobiy samara bergan. Xususan, yuklarni kutib turiş vaqti qisqargan, yölovçilarning yuklari yöqolgani, zararlangani va yoki yetişmayotgani haqidagi murojaatlari soni ham kamaygan.
Uşbu tizim, mahalliy dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçisi mahsuloti bölib, jahon me'yorlariga töliq mos keladi. Uning aeroport videokuzatuv tarmoği bilan boğlangani istalgan yuk qayerda ekanini aniqlaş va unga kimlar teginganini aniqlaş imkonini beradi. Bugungi kunda, yuklarni avtomatik ravişda skan qiliş va hisobga oliş işlari aeroportga qöngan samolyotlarda yetib kelgan yuklar bilan ötkazilayotgan bölsa-da, uşbu tizimni uçayotgan parvozlarga nisbatan qöllaş borasida işlar olib borilmoqda.
Xabarda yozilişiça, «Özbekiston havo yöllari» MAK yölovçilari yangi tizimning ustunliklarini sezişgan bölsa ajab emas. Bu esa, Toşkent aeroportidagi yuklarni qayta işlaş tizimini yaxşilaş borasidagi jiddiy loyihaning dastlabki bosqiçidir. Yangi tizimdan foydalaniş çoğida qölga kiritilgan malaka va tajriba «Toşkent-4» yangi xalqaro aeroportini barpo etişda samara berişi şubhasiz.







