AQŞning Kaliforniya ştatidan 80 mingdan köproq odam aholi punktlariga yaqinlaşib kelayotgan örmon yonğinlari tufayli öz uylaridan evakuatsiya qilinadi.
Ta'kidlanişiça, olov quruq ob-havo va şamol sababli juda tez tarqamoqda. Ştat hukumati yonğin sababli 82 ming kişini evakuatsiya qilişga qaror qildi.
Yonğin bir neça kun avval Leyk okrugida boşlangan va tez orada Louer Leyk şahriga yetib borgan. Şahar uzra quyuq qora tutun turibdi, bir neçta binolar alanga içida qolgan.







