Xalqaro oğir atletika federatsiyasi (IWF)ning tasdiqlaşiça, Rio-de-Janeyroda bölib ötayotgan Olimpiya öyinlaridan söng, Rossiya oğir atletika federatsiyasi, şuningdek, Qozoğiston va Belorussiya federatsiyalari ham çetlaştiriladi. Bu haqda IWF prezidenti Tamaş Ayan bayonot bergan.

«Öyinlardan söng quyidagi davlatlarni diskvalifikatsiya qilamiz. Men sizlarga kafolat beraman. Bular, Rossiya, Qozoğiston va Belorussiya. Oğir atletikaning sport turi sifatidagi obrösiga jiddiy putur yetdi, şu boisdan ham ana şunday sanksiya qöllaniladi. Takroriy tahlillar hali poyoniga yetgani yöq. Şu bilan birga men köproq ma'lumotlarni kutayapman. Öylaşimça, yana bir neça davlatni çetlaştiramiz. Menimça, sentabr-oktabr oylarida qaysi davlatlarni çetlaştirişimizni e'lon qilsak kerak», — deya Ayan sözlarini keltiradi TASS agentligi.

Rossiya oğir atletikaçilari Braziliyadagi Olimpiadada iştirok etiş huquqidan iyul oyi oxirida mahrum etilgandi. IWF qaroriga aksildoping qoidalari buzilişi bilan boğliq ayrim holatlar sabab bölgandi.