Rossiyaning raqamli televideniya operatori «Trikolor TV» 2015-yil sönggi çoragi va joriy yilning birinçi yarim yilligida amalga oşirgan, mualliflik huquqi doirasidagi qonunbuzarliklarga qarşi faoliyati natijasini e'lon qildi. Şu davr mobaynida provayderning sörovi bilan 470ta internet-manbasi tösib qöyilgan, deyiladi kompaniya saytida. 

Sun'iy yöldoşli telekanallarni internet orqali noqonuniy ravişda köriş imkonini beradigan portallarga kiriş sud tortişuvlarigaça bölgan jarayonda tösilgan. 

Ammo, «Trikolor TV»ning sa'y-harakatlari bilan aynan qaysi internet portallari taqiqlanganiga oydinlik kiritilmagan. Şu bilan birga, noqonuniy manbalar olib taşlangaç, qaysi saytlar «qora röyxat»dan çiqarilganiga ham ma'lum qilinmagan. 

Bundan taşqari, «Trikolor TV» hisobot davri mobaynida huquq posbonlari yordamida Rossiyaning bir neça mintaqasida soxta smart-kartalar va zararli dasturiy ta'minotlar tarqalişining oldini oliş borasida katta natijaga erişgan. Şuningdek, Rossiya va MDH hududida 12ta jinoiy iş qözğatilgan. Uçta material sud körib çiqilişi uçun topşirilgan, ikkitasi böyiça ayblov e'lon qilingan. 9ta iş böyiça suriştiruv işi davom etmoqda.