Öyinçoq temir yöllar videosini çop etuvçi 5MadMovieMakers kanali öyinçoq maşina şahar şaroitlarida qurilgan Hot Wheels tarnovi böyiça ketayotgani videosini çop etdi. Video maşinaçaning metall şassisiga skotç bilan mahkamlangan GoPro kamerasiga suratga olingan.
Videoda maşina bir tarnovdan ikkinçi tarnovga sakrayotgani, tunnel va hattoki suv havzasi orqali ötayotgani tasvirlangan. Videoga izohda muallif rolikni montaj qilişda 11 ta ulaşni amalga oşirişiga töğri kelganini aytgan. Uning aytişiça, maşinaça suv havzasida me'yorida harakatlangan va faqatgina ikki marta tarnovdan tuşib ketgan. Bundan taşqari, trek suzib ketmasligi uçun uni toşga boylab qöyişga töğri kelgan. Trassaning umumiy uzunligi 60 metrni taşkil qilgan.







