Jahon çempionati – 2018 saralaş bosqiçining Osiyo mintaqasida 2-tur uçraşuvlari poyoniga yetdi.

Özbekiston terma jamoasi Dohaning “Al Sadd” stadionida Qatarga qarşi töp surdi. Mazkur öyinga qadar Özbekiston terma jamoasi tarkib borasida yöqotişlarga duç kelgan edi. Şunga qaramay, Samvel Babayan tarkibda deyarli özgarişlarni amalga oşirgani yöq. Birinçi bölimda ikkala tomonda ham qator vaziyatlar bölganiga qaramay, hisob oçilgani yöq.

Ikkinçi bölimda Aleksandr Geynrixning maydonga tuşişi öyin sur'atini özgartirdi. Aynan uning oşirgan jarima töpidan keyin himoyaçi Yegor Krimets boşi bilan Qatar darvozasini işğol qildi. Bu gol öyinda yagonaligiça saqlanib qolindi. Şunday qilib, Özbekiston terma jamoasi Qatarni mağlub qilib, guruh peşqadami bölib oldi.

Qatar – Özbekiston – 0:1

Gol: Yegor Krimets, 85