Rossiya tergovçilari, mamlakat IIV "T" boşqarmasi rahbari örinbosari Dmitriy Zaxarçenkoning uyida tintuv ötkazişganda, uning uyidan 8 mlrd rublga teng xorijiy valyuta musodara qilingan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti huquq idoralaridagi manbasiga tayangan holda. 

"Polkovnik Zaxarçenkoning uyidagi tintuv hozirgina yakunlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, undan yirik miqdorda dollarlar olingan. Xorijiy valyuta qiymati 8 milliard rublga yaqin", — degan manba agentlik bilan suhbatda. 

"Mablağning yakuniy miqdori ma'lum emas. Hozirça faqat uydagi naqd pul musodara qilindi. Bu yönalişda iş olib borilayapti", — deb qayd etgan manba. 

Rossiya IIV korrupsiyaga qarşi kuraş rahbari örinbosari Zaxarçenko yirik miqdorda pora olayotgan vaqtda qölga olingan edi.