Jahon | 10:04 / 22.09.2016
4263
2 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy: Tramp va Klinton Eron bilan yadroviy kelishuv taftishga uchramasligini bilishi kerak 

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klinton xalqaro siyosatning istalgan dolzarb masalasi xususida fikr bildirishi mumkin, biroq Eron bilan yadroviy kelishuv qayta ko‘rib chiqilmaydi, deb aytdi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy NBC telekompaniyasi efirida.

"Nomzodlar ularning fikricha, saylov kampaniyalariga eng katta darajada mos keladigan istalgan mavzuni tanlashga haqlidirlar. Biroq hech kim yadroviy kelishuvni tan olmasligini va uni qayta ko‘rib chiqmoqchi ekanligini ayta olmaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Ruhoniy.

Uning bu gaplari ko‘p jihatdan Trampga tegishlidir. Tramp bir necha marta AQSh prezidenti etib saylansa, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralarni boshlashini aytgan. 

Klivlenddagi iyuldagi Respublikachilar partiyasi qurultoyida partiya Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv majburiy xarakterga ega emasligi haqida siyosiy yondashuvni tasdiqlagan. Shuning uchun AQSh prezidenti lavozimiga nomzod saylovlarda yutadigan bo‘lsa, bu kelishuvga amal qilishga majbur bo‘lmaydi.   

 

Mavzuga oid

E`lonlar