Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Ismoil Bekayi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya yadroviy muzokaralarni davom ettiriş böyiça kelişuvga erişganini ma’lum qildi.

TIVda har hafta ötkaziladigan matbuot anjumanida u jurnalistlarning öz mamlakatini taşqi siyosat böyiça dasturi va mintaqaviy jarayonlar töğrisidagi savollariga javob qaytargan.

AQŞ va Rossiya vakillari örtasidagi muzokalarda Eron yadroviy muammosi muhokama qilindimi, degan savolga u quyidagiça javob berdi: «Tabiiyki, AQŞ va Rossiya örtasida uşbu masala böyiça muzokaralar ötkazilmoqda, ammo muhimi, Eron yadroviy muammosi böyiça qilinadigan har qanday iş Eronning fikrisiz amalga oşmaydi va rossiyalik döstlarimiz, albatta, biz bilan masalahatlaşadi». 

Şuningdek, Bekayi BAA Eron va AQŞ örtasida vositaçilik qilişiga ham izoh berdi. «Uşbu masalalarning muhimligi inobatga olingan holda köplab tomonlar uni hal etişda yordam berişga tayyorligini bildirdi. Şu bois mamlakatlar vositaçilikni taklif qilişi tabiiy», deydi TIV vakili.

Matbuot kotibning ta’kidlaşiça, Eronga nisbatan AQŞ sanksiyalarining davom etişi duşmanlik belgisi sifatida köriladi.

Şu bilan birga, Ismoil Bekayi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya iştirokida yadroviy bitim böyiça muzokaralar jarayoni qay holatda ekaniga ham oydinlik kiritdi. «Mazkur muzokaralar davom ettiriladi. Ayni vaqtda biz muzokaralarning yangi raundi böyiça maslahatlaşuvlar olib bormoqdamiz. Biz va Yevropaning uçta davlati muzokaralarni kerak deb hisoblaymiz», — deydi TIV matbuot kotibi.

Avvalroq sönggi oylarda Xominaiyga qattiqqöl siyosat tarafdorlari tomonidan bosim kuçaygani töğrisida xabar berilgandi. 2024 yilda önlab Eron parlamentariylari Milliy xavfsizlik oliy kengaşini Islom Respublikasining yadro siyosatini qayta körib çiqişga çaqirgan edi.