Eron yadroviy dasturi böyiça Birgalikdagi harakatlar rejasini hozirgi şaklda qayta tiklaşdan boş tortdi. Bu haqda TIV rahbari Abbos Aroqçiy ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Birgalikdagi harakatlar rejasi formulasidan Eron va Ğarb örtasidagi yangi kelişuvni tuzişda asos sifatida foydalaniş mumkin.

«Birgalikdagi harakatlar rejasi hozirgi körinişda bizga maqbul emas. Vaziyatimiz sezilarli darajada özgardi va biz oldingi şartlarga qayta olmaymiz», — deydi Aroqçiy .

Vazirning qöşimça qilişiça, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya Eronga qarşi sanksiyalarni yeçiş masalasida AQŞga ta’sir körsatişni va’da qilgan.

«Biz Birgalikdagi harakatlar rejasidagi formulaga keliş uçun, şuningdek, yadroviy dasturga bölgan işonçni mustahkamlaş va Ğarb davlatlari sanksiyalarni yeçişi uçun Yevropaning uçta davlati bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Uşbu sanksiyalar yevropaliklar emas, balki amerikaliklar qölida. Yevropaliklar uşbu masalada amerikaliklarga qarşi turişlarini bildirmoqda», — deydi TIV rahbari.

Eslatib ötamiz, Eron 2020 yil yanvar oyida AQŞ kuçlari Trampning buyruğiga binoan Eron generali Qosim Sulaymoniyni Bağdodda öldirgandan söng yadroviy kelişuvdan butunlay çiqib ketgan edi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp ötgan oy Eron bilan yangi yadroviy kelişuvga erişiş imkoniyatini kötardi. U Eronni «bombardimon qilmasdan» kelişuvga erişmoqçi ekanini ma’lum qildi va Eron ham buni xohlasa kerak, dedi. 7 mart kuni Amerika prezidenti Eron bilan munosabatlarda «qiziq vaqtlar» yaqinlaşganini aytdi.

Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon mart oyi boşida AQŞ bilan muzokaralar olib boriş zarur deb hisoblagan edi. Biroq Xominaiy bunga qarşi çiqdi – prezident esa bunga e’tiroz bildirolmaydi.