Tank, samolyot va harbiy kemalarni radioelektron kuraş vositalaridan himoyalaş uçun möljallangan "körinmas plaşlar" sinovlardan ötmoqda, deb ma'lum qildi "Roselektronika" xoldingi rahbari Igor Kozlovga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi. 

Kozlovning aytişiça, "Roselektronika" xoldingida 2017 yilda yangi işlanmaning sinovlari yakunlanib, mudofaa vazirligiga yetkazila boşlanadi.

Kozlovning ta'kidlaşiça, bu vosita qurol va harbiy texnikaning istalgan tizimlarini radioelektron kuraş vositalari ta'siridan himoyalaşga imkon beradi. Şuningdek, u qurol va harbiy texnikaning bir joyda turgan hamda harakatlanayotgan tizimlarini yaşirişga imkon beradi. 

Kozlovning tuşuntirişiça, "körinmas plaş" u yoki bu obektning radioelektron vositalar tomonidan aniqlanişini öta murakkablaştiradi. Plaş matosining tolalari şunday töqilganki, radioelektron vosita tank kabi obektni taniy olmaydi. U tankni akslaniş obekti sifatida aniqlaydi, biroq qanday obekt ekanligini bila olmaydi.