Janubiy Koreya politsiyasi Samsung kompaniyasining yuqori lavozimdagi xodimini maxfiy texnologik ma'lumotni sotişga uringani uçun hibsga oldi. 

Politsiya janob Li deb atagan xodim xitoylik raqobatçilardan 14 va 10 nm.li texnologik jarayonlar böyiça Samsung Exynos protsessorlarini işlab çiqarişning öziga xos jihatlari haqidagi ma'lumot uçun pul olmoqçi bölgan. Ma'lumotni öğrilaşga uriniş kompaniyada aniqlangaç, kompaniya politsiyaga murojaat qilgan.     

Hozirda kompaniya keyingi avlod qurilmalari uçun Exynos 8895 platformasini yaratmoqda, u 10 nm.li texnologik jarayon negizida quriladi.