Iroq janubi-şarqidagi Basra şahrida joylaşgan Saddam Husaynning sobiq saroyi muzeyga aylantirildi. Bu haqda Luxury Listings yozmoqda.

Muzeyda noyob va antiqa buyumlar namoyiş qilinadi. Bu buyumlarga miloddan avvalgi 400 yillarga taalluqli tangalar va kulolçilik idişlarini kiritiş mumkin. Direktorning sözlariga köra, körgazma uçun saroyning tanlanganiga sabab, zulm örnini insoniylik egallaganidir.

Moliyaviy yetişmovçilik sabab muzeyda faqatgina bitta zal işlamoqda. Zalning a'lo darajada ta'mirlanişi uçun 750 ming dollar mablağ yönaltirilgan. Moddiy yordamni Britaniyadagi xayriya taşkiloti ajratgan.

Iroqning sobiq rahbari bu yerda 2003 yilga qadar yaşagan edi. Keyinçalik saroy britaniyalik askarlar uçun yemakxonaga aylantirilgandi.

Ma'lumot uçun, Saddam Husayn Iroqni 1973 yildan buyon boşqara boşlagan. 2003 yilning bahorida Iroqda AQŞ, Buyuk Britaniya va Avstraliyadan iborat koalitsiya uni qölga oldi. 2006 yilda Husaynga nisbatan ölim jazosi öqildi va u öşa yilning 30 dekabr kuni hukm amalga oşirildi.