Xitoyning Xubey viloyatida Xubey Yantsza daryosidagi dunyodagi eng yirik «Uç dara» gidroelektrostansiyasi yaqinida jahondagi eng katta kema lifti işga tuşdi. Yangi kema lifti muhandislik işining mö'jizasi bölib, 113 metr balandlikka umumiy oğirlikda 3000 tonnani kötara olişga qodir.

Mazkur jarayonga taxminan 30-40 daqiqa vaqt ketadi. Bu esa beşta eşikdan iborat ötiş tizimiga nisbatan olti barobar tezroqdir. Ba'zi kemalar qadam bilan kötarilişiga töğri keladi, biroq katta lift köplab kemalarni köçirib ötişga imkon beradi.

Liftning oğirligi taxminan 15 500 tonna atrofida. Binoning asosiy tarkibiy qismi 169 metr balandlikdagi tört temir betonli ustunlar hisoblanadi. Ular orasida hovuzga öxşaş uzunligi 120 metr, kengligi 18 metr va çuqurligi 3.5 metr bölgan platforma örnatilgan. Aynan şu yerga kema joylaşadi.