AQŞ prezidenti Barak Obama öz qizlari Maliya va Saşaning mamlakat qurolli kuçlari safida xizmat qilişiga tösiq bölmaydi. U öz oilasi bilan Virjiniya ştatidagi Fort-Li bazasida bölganida şu haqda aytib ötgan. Uning piyoda qismlar bazasiga uyuştirgan taşrifi CNN tomonidan translyatsiya qilingan.

"Men şunday degan bölardim: Özingni sinab kör. Lekin men ularning xizmatni qayerda ötaşini öylab, asabiylaşmasdim desam, yolğon aytgan bölaman. Farzandlar - dilbanding. Imkoni bölsa edi, men ularni butun umr böyi uyda olib qolardim", deya Obamaning sözlarini keltirgan Reuters.

Amerika yetakçisi, şuningdek, köproq amerikaliklar harbiy xizmatga borişini yoqlab çiqdi. Xususan, uning sözlariga köra, bu "yuqori darajali daromadga ega kişilar"ga taalluqli.

Barak va Mişel Obama 1992 yilda turmuş qurişgan. Ular ikki farzandni voyaga yetkazişdi: 18 yoşli Maliya va 15 yoşli Saşa. Maliya şu yili maktabni tamomladi va Harvard universitetida öqişni boşlaşdan oldin gap year («erkin yil») boşladi.