“Real Madrid” futbolchisi Krishtianu Ronalduning Gulfstream G200 samolyoti Barselonadagi El Prat aeroportiga qo‘nish vaqtida avariyaga uchradi. Bu haqda Ispaniyaning Sport internet-nashri xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, samolyot jiddiy shikastlangan. Avariya samolyotning shassidagi muammolar sabab ro‘y bergan. Bortdagi insonlarning hech biri jabrlanmadi. Ronalduning o‘zi samolyotda bo‘lmagan.











