27 sentabr kuni Tayvan oroliga talofatlar yetkazgan «Megi» töfoni 28 sentabr kuni Şarqiy Xitoy sohillaridagi Futszyan viloyatiga yopirildi, tabiiy ofatning asosiy zarbasini Tsyuançjou şahri qabul qildi.
Töfonning episentrida şamol tezligi soatiga 118,8 kilometrga yetmoqda. Meteorologlar «Megi» töfoni Xitoy janubidagi Guandun viloyatiga yopirilişi xavfi haqida ogohlantirdi.
Ayni vaqtga kelib, bu tabiiy ofatdan jabr körganlar soni 700 nafardan ortgan. Töfon yetib borgan hududlarda 1,29 mln uy elektr ta'minotisiz qolgan, yana 10 ming uy içimlik suvidan uzilgan.
























