Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi
Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi rasmiy o‘yinlar oldidan o‘zining navbatdagi yig‘inini boshladi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 6 hamda 11 oktabr kunlari JCh-2018 3-saralash bosqichida navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamosi dastlab, 6 oktabr kuni Toshkentda Eronni qabul qilsa, 11 oktabr kuni Toshkentda Xitoy bilan o‘ynaydi.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bugun boshlangan yig‘inga jami 25 nafar futbolchini jalb etgan. Bu safargi tarkibdan avvalgi o‘yinlarda terma jamoaga chaqirilmagan "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham o‘rin olgan. Terma jamoa bosh murabbiyi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlar uchun yakuniy tarkibni Toshkent yig‘ini yakunida e'lon qiladi.
O‘zbekiston terma jamoasining Toshkentdagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).
Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Yegor Krimets (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”, Xitoy), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Aziz Haydarov (“Ash Shabob”, BAA), Server Jyeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”).
Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston).
Mavzuga oid
22:05 / 12.04.2026
“Endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman”. Babayan "Andijon" bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi
17:44 / 01.12.2025
Samvel Babayan «Andijon» klubi bosh murabbiyi bo‘ldi
14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi
13:00 / 12.11.2022