Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti Gitler haqidagi gaplari uchun uzr so‘radi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte yakshanba kuni yahudiylar jamiyatidan Gitlerning xolokosti haqida aytib o‘tgan gaplari uchun omma oldida uzr so‘radi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.
Bundan oldinroq, yana bir marta shov-shuvli chiqish qilgani, bu safar o‘zini millionlab yahudiylarni qirib tashlagan Adolf Gitlerga qiyoslagandi. U "Gitler yahudiylarni o‘ldirib, qanday zavqlangan bo‘lsa, filippinlik giyohvandlarni o‘ldirishdan shuncha zavqlanishi" haqida aytgandi.
"Men o‘lib ketgan 6 million yahudiyni haqoratlash niyatida emasdim. Men yahudiylar jamoatchiligidan chin dildan uzr so‘rayman. Muammo shundaki, menga Gitlerni ko‘rgandek muomala qila boshlashgandi", — deya Dutertening so‘zlarini keltirgan agentlik.
Filippin prezidenti rahbarining fikricha, u bu qiyoslash orqali muxolifati uni qanday ko‘rayotganini namoyish qilmoqchi bo‘lgandi.
"Meni xuddi millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan Gitler kabi qarshilay boshlashgandi", degan u.
Qayd etish kerakki, bu filippinliklar rahbarining ilk marta keskin chiqish qilishi emas. U Xitoydagi "Katta yigirmatalik" sammiti arafasida AQSh rahbarini Filippin ichki ishlariga aralashgani uchun "fohishaning bolasi" deya haqorat qilgandi.
Keyin esa Yevropa Ittifoqiga undan kam bo‘lmagan haqoratli so‘zlar yo‘lladi.
Shuningdek, BMT bosh kotibi uning "shirin so‘zlari"dan bebahra qolmadi.
May oyida prezidentlikka saylangan siyosatchi ilk kunlardanoq narkotiklar savdosiga va narkotiklarga qarshi keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilishini e'lon qildi. Shu vaqtgacha, Filippin politsiyasi giyohvandlik savdosiga aloqadorlikda gumon qilingan 2,4 mingdan ortiq kishini o‘ldirdi. Politsiyachilar gumondorlarni ko‘chalarda so‘roqsiz otib tashlayotgani qayd etilgan. Jahon hamjamiyati bu jinoyatchilikka qarshi kurashning bu uslubiga bir necha marta tanqidiy fikr bildirib o‘tgan.
Mavzuga oid

00:29 / 04.02.2019
“Gitlerning yo‘qolgan floti” Qora dengizda topildi

14:22 / 21.09.2018
Peruda Gitler ismli shaxs merlikka nomzodini qo‘ydi, unga Lenin ismli vatandoshi qarshi chiqdi

16:50 / 24.11.2017
«U Yaqin Sharqning yangi Gitleri»

23:05 / 10.11.2017