Saudiya Arabistoni taxti valiahdi, şahzoda Muhammad ibn Salmon Ol Saud The New York Times naşriga bergan intervyusida Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Ali Xominaiyni «Yaqin Şarqning yangi Gitleri» deb atadi.
«Eron diniy rahnamosi — bu Yaqin Şarqning Gitleri», — degan u.
Uning sözlariga köra, dunyo Yevropa misolida tajovvuzkorona siyosat heç narsaga erişmasligiga guvoh bölgan.
«Biz Erondagi yangi Gitler Yaqin Şarqda ham Yevropada ötmişda sodir bölgan voqealarni takrorlaşini istamaymiz», — deya qöşimça qilgan şahzoda.
Bundan avvalroq Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr ma'lum qilgandiki, qirollik «Eronning duşmanona harakatlari»ga jim qarab turmaydi.

















