Perulik Gitler Alba Sançes Ankaş departamentidagi Yungar aholi maskani merligiga öz nomzodini qöydi. Mahalliy RPP radiostansiyasining xabar berişiça, Lenin Vladimir Rodriges Valverde ismli yurtdoşi saylov organlariga uning nomzodini röyxatga olmaslikni sörab talabnoma yozdi.
Alba Sançes "Biz - Peru" partiyasi a'zosi hisoblanadi. Uning fikriça, siyosiy raqiblari merlikka boşqa nomzodning ğalabasini ta'minlaş maqsadida Rodriges Valverdedan foydalanişmoqda.
U 2011-2014 yillarda Yungar meri sifatida faoliyat olib borgan. Nomzodning sözlariga köra, raqiblari uni qoralaş uçun uning ismidan köp bor foydalanişgan. Gitler ismini özgartiriş haqida öylaganini, ammo ota-onasiga hurmat yuzasidan bu fikrdan voz keçganligini aytgan.
Peru saylov böyiça sudi uning saylovlarda iştirok etişini rad etiş uçun heç qanday qonuniy asos yöqligini bildirdi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida farzandlariga tarixiy şaxslar ismini qöyiş keng tarqalgan. Masalan, Ekvador prezidentining ismi Lenin Moreno. Lotin amerikaliklar orasida Napoleon, Iliç va Stalin ismlari ommabop sanaladi.

















