Filippin prezident Rodrigo Duterte davlat rahbari lavozimiga saylanganiga köp bölmaganiga qaramay, özining sökonğiç prezident ekanini bir neça bor namoyiş etişga ulgurdi. U, ötgan haftada Amerika prezidenti Barak Obamani qattiq haqoratlagan bölsa, endi BMT boş kotibi Pan Gi Mun şaxsiyatiga hujum uyuştirdi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
Avvalroq, Duterte AQŞ prezidenti Barak Obamani "fohişaning öğli" deya tahqirlagan edi.
9 sentabr kuni Dutertening aytişiça, putangina iborasini jiddiy qabul qiliş kerak emas. Prezident fikriça, "bu barça qöllaydigan oddiy söz birikmasidir". Duterte bu ibora "fohişaning öğli" ma'nosini anglatmasligini aytib, fikrining isboti ölaroq, ikkita misol keltirgan. Şu bilan birga, uning haqorati Obama şa'niga emas, Dutertening jinoyatçilikka qarşi kuraş kampaniyasida inson huquqlari masalasini kötargan AQŞ davlat departamentiga qaratilganini qayd etgan.
"Mening bunday tahdidlardan jahlim çiqdi... Bu AQŞ davlat departamentidagi ahmoqlarning aybi", — deya Duterte sözlarini keltiradi Frans Press.
Duterte 9 sentabr kuni Pan Gi Munni ham özining bisotidagi haqorat sözlari bilan siylab, uni "ahmoq" deb atagan. BMTning inson huquqlari buzilişiga oid bayonoti Dutertega şunday salbiy ta'sir körsatgan.
"Men özimga-özim –ana yana bitta ahmoq dedim. Men jinoyatçilarga qarşi kuraşimni davom ettiraman. Men ularga açinmayman", — degan Duterte boş kotib haqida.
"Men tupurdim hammasiga. Men Filippin prezidentiman. Xalqaro hamjamiyat respublikasining emas", — deya qöşimça qilgan Rodrigo Duterte.












