Qora dengiz tubida Ikkinçi jahon uruşi zamonlaridagi uçta nemis suv osti kemasi aniqlandi. Kemalarni turkiyalik dayver va dengiz muhandisi Selçuk Kolay topgan.

Kolay 10 yildan köproq qidiriş işlarini olib borgan, deb xabar berdi TRT Haber telekanali. Dastlab u  bir dona submarina – U-23’ni uçratgan. Biroq keyinroq hujjatli film suratga oliş vaqtida Turkiya harbiy-dengiz kuçlari kemasi yana ikkita kema: U-19 va U-20’ni topgan. 

Uşbu suv osti kemalari nemis armiyasi tomonidan sobiq ittifoqqa qarşi qöllangan. Ruminiya sobiq ittifoq tomonga ötgandan keyin kemalar ekipaji tomonidan çöktirib yuborilgan. Ötgan yillar içida kemalarning aniq joylaşgan örni noma'lum bölib qolgan va şu sababli u “Gitlerning yöqolgan floti” deb ham yuritilgan.