Filippin prezidenti Rodrigo Duterte yana bir bor şov-şuvli çiqiş qildi. U özini Adolf Gitlerga tenglaştirgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.

U jurnalistlar oldida qilgan çiqişida ba'zi tanqidçilari undan "Gitlerning egizagini yasaşi"ga sabab bölgan gaplarni aytgan. 

U mamlakatda 3 million giyohvand borligini aytib, Gitlerning 3 million yahudiyni qatağon qilganiga işora qilgan.

"Filippinda uç million giyohvand bor. Men ularni öldirib yöq qilişdan baxtiyor bölaman. Agar Germaniyada Gitler bölgan bölsa, Filippinda ham...". Şu vaqtda u qöllari bilan özini körsatgan.

Qayd etiş kerakki, bu filippinliklarning ilk marta keskin çiqiş qilişi emas. U Xitoydagi "Katta yigirmatalik" sammiti arafasida AQŞ rahbarini Filippin içki işlariga aralaşgani uçun "fohişaning bolasi" deya haqorat qilgandi.

Keyin esa Yevropa Ittifoqiga undan kam bölmagan haqoratli sözlar yölladi.

Şuningdek, BMT boş kotibi uning "şirin sözlari"dan bebahra qolmadi.

May oyida prezidentlikka saylangan siyosatçi ilk kunlardanoq narkotiklar savdosiga va narkotiklarga qarşi keng kölamli reydlar ötkazilişini e'lon qildi. Şu vaqtgaça, Filippin politsiyasi giyohvandlik savdosiga aloqadorlikda gumon qilingan 2,4 mingdan ortiq kişini öldirdi. Politsiyaçilar gumondorlarni köçalarda söroqsiz otib taşlayotgani qayd etilgan. Jahon hamjamiyati bu jinoyatçilikka qarşi kuraşning bu uslubiga bir neça marta tanqidiy fikr bildirib ötgan.