20:26 / 04.10.2016
11333

Kechki dayjest: 4 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 4 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Toshkentda Hilton mehmonxonasi faoliyatini boshlashi mumkin

Toshkentda kelasi yili butun dunyoga mashhur Hilton brendi ostida faoliyat yurituvchi  mehmonxona paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda, Sputnik agentligining "O‘zbekturizm"dagi manbasima'lum qilgan.

>>> Batafsil.

Oliy ta'lim vazirligi tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 sentabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi boshqaruv apparatiga kiritilgan o‘zgartishlar tasdiqlandi.

>>> Batafsil.

Yoqutistonlik talaba quloqchinlar tufayli muallimga hujum qildi

Internet tarmoqlarida Yoqutistondagi kollejda mashg‘ulotlar ketayotgan paytda talabaning muallimga hujum qilgan videosi keng tarqalmoqda.

>>> Batafsil.

Rossiya prezidenti Ostonaga keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston poytaxti Ostonaga keldi. Putin Ostonada Mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.

>>>  Batafsil.

Malayziyada maktab tomiga bortida harbiylar bo‘lgan vertolyot qulab tushdi

4 oktabr ertalab Malayziya sharqidagi Tavau shahridagi maktablardan birining tomiga bortida 14 harbiy bo‘lgan Sikorsky S-61 vertolyoti qulab tushdi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.

>>> Batafsil.

Turkiya Mo‘sul va Raqqadagi harbiy amaliyotlarga qo‘shilishi shartini ma'lum qildi

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush ma'lum qildiki, turkiyalik harbiylar Suriyaning Raqqa shahrini hamda Iroqning Mo‘sul shahrini IShIDdan ozod etishda ko‘mak berishga tayyor. Buning uchun talab qilinadigan shart shuki, harbiy harakatlarda Suriyadagi kurdlar ishtirok etmasligi kerak bo‘ladi.

>>>  Batafsil.

IShID rahbarlarining Iroq provinsiyasidagi uchrashuvi janjal va otishmalar bilan tugadi

IShID rahbarlarining maxfiy uchrashuvi o‘zaro janjal va otishmalar bilan tugadi. Bu haqida The Daily Star xabar berdi.

>>> Batafsil.

Dunyoning 5 yirik davlati Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Italiya va GFRning yuqori lavozimli mulozimlari 5 oktabr kuni Suriyadagi inqirozga barham berishning siyosiy chorasini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

>>> Batafsil.

AQSh davlat qarzi bir yilda 7,8 foizga oshdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining federal qarzi 2016 moliya yilida (2015 yil sentabridan 2016 yil 29 sentabriga qadar) 7,8 foiz, yoki 1,4 trln dollarga oshib, jami 19,573 trln dollarni tashkil etgan. AQSh moliya vazirligi hisobotida shunday ma'lumotlar keltirilgan.

>>> Batafsil.

Galaxy Note 7 smartfoni GTA V o‘yini quroliga aylandi

HitmanNiko tomonidan yaratilgan modifikatsiyada Samsung Galaxy Note 7 GTA V o‘yini uchun portlatuvchi qurol sifatida qo‘llangan.

>>>  Batafsil.

GM Uzbekistan Belarusda Ravon brendini namoyish etdi

GM Uzbekistan kompaniyasi 30 sentabr kuni Belarusda Ravon brendini namoyish qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati feysbukdagi rasmiy sahifa orqali ma'lum qilgan.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi JCh sovrindorlaridan biri bo‘ldi

 

Xalqaro shaxmat federatsiyasi 20 sentabr – 4 oktabr kunlari Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida  o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati tashkil qildi. Unda 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etdi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston hamda Eron o‘rtasidagi o‘yinni Benjamin Uilyams boshqaradi

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, “A” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Eron uchrashuvini Benjamin Uilyams boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

>>>  Batafsil.

Slovakiya termasi futbolchisi Vladimir Vayss hibsga olindi

Slovakiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Vladimir Vayss mamlakat poytaxti Bratislava shahrida politsiya tomonidan hibsga olingan.

>>>  Batafsil.

Top